Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Absolyut rekord: 10 ta vaznda 10 ta oltin
Rossiyaning Yaroslavl shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar 10 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro turnirda mezbon bokschilaridan tashqari O‘zbekiston, Belorus, Qozog‘iston hamda Ukrainadan kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun o‘n vazn toifasida ringga ko‘tarildi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a'zolaridan 48kg.da Ahmadjon Ahmedov, 50 kg.da Koblanbay To‘raboyev, 52 kg.da Farhod Eshmahametov, 54 kg.da Ruslan Abdullayev, 57 kg.da Asadbek Abduraimov, 60 kg.da Farruhbek Xasanov, 63 kg.da Login Petrov, 66 kg.da Nurislom Ismoilov, 70 kg.da Jahongir Zokirov, 75 kg.da Shoxjahon Abdullayev barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Nurislom Ismoilov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya e'tirof etildi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026