Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik tadbirkorlar O‘zbekistonga aloqalar o‘rnatgani kelishmoqda
Qirg‘izistonning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekovning O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrifi doirasida Toshkentga qirg‘izistonlik tadbirkorlar ham aloqalarni yo‘lga qo‘ygani kelishadi. Bu haqda 12 dekabrdagi brifingda Qirg‘iziston prezidenti apparatining tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Ayzada Subakojoyeva ma'lum qildi.
Uning aytishicha, prezident bilan birga O‘zbekistonga 100 ga yaqin tadbirkor jo‘naydi. Gap ishlab chiqarish liniyalarini yo‘lga qo‘yish, avtotexnika, maishiy qurilmalar yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxonalar, to‘qimachilik korxonalarini yaratish haqida bormoqda.
“Hamkorlik yo‘nalishlari keng. Davlatlarimiz yetakchilari kelishib olganidek, tadbirkorlar va xo‘jalik sub'yektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Ertaga ular ertalabdan ish boshlashadi. Tadbirkorlarda bir-birlari bilan bevosita muloqot qilish imkoni bo‘ladi”, deb aytgan Subakojoyeva.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekov 13-14 dekabr kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026