Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXX 4,37 milliard so‘mlik valyutaga ega kontrabandachilarni ushladi
Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan katta o‘zgarishlar har bir fuqaroga tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, o‘zini biznesda sinab ko‘rishi uchun sharoitlar yaratmoqda. Shu orqali esa oila farovonligi ham oshadi.
Biroq shunday holatlar ham uchrab turibdiki, ba'zilar taqdim etilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish o‘rniga qonunlarni buzmoqda. Xususan, bu valyuta amaliyotlari sohasiga tegishli. Xalqaro o‘tkazmalar tartibi yengillashtirilganiga qaramay, ular hozirda zumdalik konvertatsiya bilan amalga oshirilmoqda, naqd valyutani xorijga noqonuniy olib chiqib ketishga urinish holatlari ham uchrab turibdi.
Kuni kecha MXXning Namangan viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari viloyat IIB vakillari bilan hamkorlikda xorijiy valyutaning yirik partiyasini noqonuniy olib chiqib ketishga bo‘lgan urinish holatiga chek qo‘yishdi. Uchqo‘rg‘on tumanida davlat raqami belgisi 50Z399HA bo‘lgan “Damas” avtomashinasi tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida to‘xtatildi. Rulda shu tumandagi “Qal'acha” mahallasida istiqomat qiluvchi 53 yoshli Hamroxo‘ja Umrzoqov, uning yonida esa “Sohil” mahallasida yashovchi 20 yoshli Islom Qambarov bo‘lgan. Qambarovning qo‘lida bo‘lgan katta polietilen paket ko‘zdan kechirilganda, o‘ralgan va skotch bilan bog‘langan 470 ming AQSh dollari hamda 4,1 milliondan ortiq Rossiya rubli topildi hamda protsessual tartibda olib qo‘yildi. Ularni qo‘shni davlat hududiga noqonuniy ravishda olib o‘tish rejalashtirilgan bo‘lgan. Milliy valyuta ekvivalentida ushbu miqdor taxminan 4 milliard 372 million so‘mga tengdir.
Tergovga qadar tadbirlar davomida aniqlanishicha, muqaddam davlat chegarasidan noqonuniy ravishda kesib o‘tgani uchun sudlangan Islom Qambarov Hamroxo‘ja Umrzoqovning qarindoshi ekan.
MXXning Namangan viloyati Boshqarmasi tomonidan ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 182-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026