Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyaning Toshkentdagi elchisi missiyasini yakunladi
2017 yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Slovakiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Pavol Ivanni qabul qildi.
O‘zbekiston TIV matbuot xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda elchining 2013-2017 yillar mobaynida O‘zbekistondagi samarali faoliyati natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik har tomonlama rivojlanganligi va mustahkamlanganligi qayd etildi.
Elchi, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasi uchun yaratilgan qulay sharoit va qo‘llov uchun minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
15:47 / 16.03.2026