Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jeenbekov O‘zbekistonda kimlar bilan uchrashishi aytildi
Foto: AKIpress
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 13-14 dekabr kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti devonining tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Oyzoda Subakojoyeva 12 dekabr kuni xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashrif – qo‘shni davlat bilan faol siyosiy muloqotni davom ettirishdir.
Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tor va kengaytirilgan shaklda uchrashuv o‘tkazilishi kutilmoqda, shuningdek, S.Jeenbekov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda spiker bilan ham uchrashadi. Tashrif yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar hamda kelishuvlar imzolanadi.
13 dekabr kuni ertalab O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishbilarmon doira vakillari ishtirokida biznes-sessiya o‘z ishini boshlaydi.
«Chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha hujjat hozircha yo‘q. Ikki davlatning ishchi guruhlari ishlamoqda, uch oyda 40 kilometrdan ortiq hudud hujjatlarga tushirildi», - deya aytib o‘tdi A.Subakojoyeva.
Mavzuga oid
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026