Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya va Pokistonni aybladi, KXDR bo‘yicha “shov-shuvli” bayonotlar berdi
AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, Rossiya Federatsiyasi tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining KXDR bo‘yicha rezolyutsiyasini implementatsiya qilish doirasida buzilish bor.
Shuningdek, AQSh KXDR bilan “istalgan vaqtda” muzokaralarga tayyor, dedi Reks Tillerson.
"KXDR hukumati muzokaralar stoliga o‘tirishi kerak. Biz ular bilan istalgan vaqtda gaplashishga tayyormiz, ular buni xohlashi kerak, xolos", - deya aytib o‘tdi u Vashingtondagi Atlantika kengashida chiqish qilib.
Tillersonning ta'kidlashicha, "KXDR har bir yangi raketa sinovi bilan jahon hamjamiyatidan uzoqlashishda davom etadi".
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh KXDRga bostirib kirish uchun bahona qidirayotgani yo‘q hamda Pxenyanda rejim o‘zgarishiga erishmoqchi emas.
"Biz rejim o‘zgarishiga erishmoqchi emasmiz, rejim kollapsini xohlayotganimiz yo‘q, Koreya yarim oroli tezroq birlashishiga ham urinayotganimiz yo‘q, biz demilitatsiya hududidan shimolga qurolli kuchlarimizni yuborish uchun sabablar ham qidirmayapmiz", - dedi Tillerson.
Shu bilan birga, AQSh KXDRni yadro davlati sifatida qabul qila olmaydi, sababi Pxenyan ishonchli sherik emas, deya ma'lum qildi u.
"KXDRda ma'lum bir xalqaro normalarni bajarish tarixi yo‘q. Shuning uchun biz uni yadro davlati sifatida qabul qila olmaymiz", - deya aytib o‘tdi AQSh davlat kotibi.
Tillersonning ta'kidlashicha, AQSh KXDR muammosini diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, "diplomatik sa'y-harakatlar ishonchli harbiy muqobil variantlar bilan qo‘llab-quvvatlanishi muhimdir".
"Ha, ko‘plab harbiy variantlar bor, ular ko‘rib chiqilmoqda", - degan davlat kotibi.
Shuningdek, AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, terrorchilar Pokistondan boshpana topishda davom etmoqda.
"Biz mavjud holatga sabr qilib tura olmaymiz, sababi terrorchilik tashkilotlari Pokistondan xavfsiz boshpana topmoqda", - deya aytib o‘tdi Tillerson Vashingtondagi nutqida.
"Terrorchilik tashkilotlari ham hajmda, hamda ta'sirda o‘sib bormoqda, hamda biz Pokistonga qaysidir pallada sizlarning o‘zingiz nishonga aylanishingiz mumkin, demoqdamiz", - deya aytib o‘tdi Tillerson.
"Pokiston Haqqoniy va boshqa tarmoqlar bilan o‘z munosabatlarini o‘zgartirish jarayonini boshlashi kerak", - deya aniqlik kiritdi u.
Tillersonning, shuningdek, ma'lum qilishicha, AQSh Pokiston bilan terrorizmga qarshi birgalikda kurash olib borish maqsadida ishlash va ma'lumot almashishni xohlamoqda.
Bundan tashqari, AQSh davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Vashington «Qrim masalasiga hali qaytish» niyatida.
"Biz Qrim masalasiga hali qaytamiz. Men bilamanki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu muzokaralar stolida muhokama etilmasligini aniq tushuntira bildi. Qaysidir pallada bo‘ladi, biroq hozirda biz Ukraina sharqida zo‘ravonlikni to‘xtatishimiz lozim. Ko‘ramiz, biz bunga yechim topa olamizmi", - deya aytib o‘tdi Tillerson.
Shuningdek, Reks Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, AQSh kurdlar va Iroq markaziy hukumati o‘rtasidagi muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi.
U mustaqillik bo‘yicha bo‘lib o‘tgan referendumni mamlakat birligi uchun “vayronakor” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ham kurdlar, ham Bag‘dod bilan ishlamoqda.
"Biz ham mojarodan qochish bo‘yicha sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqdamiz, ham Iroq konstitutsiyasi bo‘yicha muloqotni davom ettirmoqdamiz, u hech qachon amalga oshirilmagan", - dedi Tillerson.
Bundan tashqari, uning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Rossiya va AQShda “amaliy munosabatlar bo‘lishini xohlamoqda, biroq hozircha bu bizda yo‘q”.
"Prezident shuni aniq tushuntira oldiki, u Rossiya va AQSh amaliy munosabatlarga ega bo‘lishini muhim deb hisoblaydi. Hozircha bu yo‘q", - dedi u.
Ta'kidlanishicha, Vashington Moskva bilan Suriyada hamkorlik qilishda davom etadi. "Biz Rossiyani Suriya prezidenti Bashar Asad rejimiga ta'sir ko‘rsatishga chaqiramiz, bu uning Jyenevada muzokaralar stoliga o‘tirishi uchun kerak. Biz tomonlar muzokaralar stolida bo‘lishi uchun barcha imkoniyatni ishga solishimiz darkor. Rossiya Federatsiyasi bilan Suriyada imkon darajasida ishlashda davom etamiz, bu keskinlikni kamaytirish hamda zo‘ravonlikni tugatish, Suriya bo‘yicha tinch yechimni topishga yordam ko‘rsatishda qo‘l keladi", - deya aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, Tillersonning ta'kidlashicha, AQShga Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni amalga oshirish jarayonida Rossiya ishtiroki kerak.