Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer olib berishni aytib, 30 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxs fosh etildi
Yer olib berishni aytib, o‘ttiz million so‘mni o‘zlashtirgan shaxs fosh etildi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.
Toshkent tumanida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan Tursunali Zokirov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) firibgarlik yo‘li bilan tanishi, 1992 yilda tug‘ilgan Dilmurod Nodirovni ishonchini suiiste'mol qilib, «sizga yer olib beraman» – deb aldab, undan o‘ttiz million so‘m pullarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
09:06 / 14.07.2026
Toshkent tumanida xususiy xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
15:33 / 11.07.2026
G‘ijduvon hokimidan MSK raisigacha – kiberfiribgarlar kimlarni qanday chuv tushirgan?
10:20 / 11.07.2026
Qashqadaryoda firibgarlikda gumonlangan mutaxassis ushlandi
09:35 / 08.07.2026