Jahon | 23:20 / 13.12.2017
14348
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada Ukrainaga qirg‘in qurolini yetkazishga ruxsat berdi 

Foto: Sergei Chuzavkov/AR

Kanada Ukrainani qirg‘in quroli yetkazib berish ruxsat etilgan davlatlar qatoriga kiritdi. Bu haqda Canada Gazette nashri xabar bermoqda.   

Kanadadan bu ro‘yxatga kiritilmagan davlatlarga avtomatik o‘qotar qurol eksport qilinishi taqiqlangan. 

Hozir bu ro‘yxatga 39 ta davlat – asosan NATO davlatlari hamda Avstraliya, Botsvana, Chili va boshqa davlatlar kiritilgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu qadamdan maqsad “Kanadaning Ukraina bilan ikki tomonlama munosabatlarini qo‘llab-quvvatlash” va “kanadalik qurol eksportchilariga Ukrainaga o‘qotar qurolning muayyan turlari, taqiqlangan qurol va qurilmalarni eksport qilish imkonini taqdim qilishdan” iborat.   

Avvalroq AQSh davlat departamentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kurt Volker Ukrainaga qirg‘in qurolini yetkazib bermaslikka asos ko‘rmayotganini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid