Jahon | 08:47 / 14.12.2017
9753
3 daqiqa o‘qiladi

«Yangi iqtisodiy mo‘jiza». Tramp yana o‘zini maqtadi

Foto: EADaily

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar "yangi iqtisodiy mo‘jiza" ostonasida turibdi.

Oq uy rahbari soliq islohoti masalasi bo‘yicha chiqish qilib, agarda AQSh kongressi Rojdestvoga (25 dekabr) qadar unga soliq islohoti bo‘yicha qonun loyihasini ko‘rib chiqishga yuborsa, u holda amerikaliklar "fevraldan boshlab kamaytirilgan soliqlar va katta daromadlarni ko‘rishi mumkin ekanini" ma'lum qildi.

"Bugun biz yangi iqtisodiy mo‘jiza ostonasida turibmiz", - deya aytib o‘tdi u.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Amerika iqtisodiyoti o‘sishi 3 foizni tashkil etadi, hamda "agarda dovullar bo‘lmaganida, 4 foizga ham yetish mumkin edi". "Ikki yil avval, men kampaniyani endi boshlayotganimda, bu aql bovar qilmas raqam edi. Hamda ushbu raqam yana ham oshib boradi. Biz saylovlar o‘tganidan so‘ng 2,2 million ish o‘rnini yaratdik. Ishsizlik 17 yil ichidagi eng past darajada turibdi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Qo‘shma Shtatlar yetakchisining ma'lum qilishicha, bu qonun loyihasiga qarshi bo‘lganlar u boylar uchun ekanini iddao etishmoqda, "biroq ular yakuniy qonun loyihasini hattoki ko‘rishmadi ham". "Men ham yakuniy qonun loyihasini ko‘rmadim hali", - deya aytib o‘tgan Tramp. Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, u "o‘rta daromadga ega odamlar, ish o‘rinlarini yaratadigan kompaniyalarga" mo‘ljallangandir.

Ayni damda kongressning vakillar palatasida respublikachilar tomonidan taklif etilgan soliq islohotining yakuniy muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda. Avvalroq Oq uydan davlat rahbari soliqni 20 foizga qisqartirishdan manfaatdor ekani haqida ma'lum qilishgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid