Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniyada referendum mojarosi sababli pochta kompaniyasi direktori hibsga olindi
Ispaniya fuqarolik gvardiyasi 14 dekabrda Kataloniya mustaqilligi referendumining tashkillashtirilishi tergovi bilan bog‘liq holda pochta xizmatlari ko‘rsatuvchi Unipost kompaniyasi bosh direktori Pablo Raventosni hibsga oldi. Bu haqda El Mundo nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gvardiya xodimlari kun davomida kompaniyaning Ospitalet-de-Lobregat katalon shahridagi bosh qarorgohida tintuv olib borishgan. Ular referendumni tashkillashtirishga Kataloniya hukumatining sarf-xarajatlari bilan bog‘liq hujjatlarni qidirishgan. Jumladan, saylovchilar ro‘yxatlari bo‘lgan maktublarni tarqatish uchun amalga oshirilgan to‘lovlar haqida ma'lumotlar qidirilgan.
1 oktabrda Kataloniyada mustaqillik referendumi bo‘lib o‘tgandi. Ispaniya tarkibidan chiqish uchun 90,18 saylovchilar ovoz berishgan. Biroq Madrid bu referendumni noqonuniy deb hisoblab, uning natijalarini tan olmayapti.
Mavzuga oid
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026
Qozog‘istonda konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi
12:43 / 13.02.2026