Jahon | 10:32 / 14.12.2017
10414
3 daqiqa o‘qiladi

«Ommaviy ocharchilik!». Janubiy Sudandagi vaziyat keskin yomonlashdi

Foto: Reuters

BMT 13 dekabr kuni davlatlarni Janubiy Sudanning olti millionlik aholisiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishga 1,72 milliard dollar ajratishga chaqirdi. Bu yer 2013 yildan beri qonli to‘qnashuvlar girdobida qolgan. Bu haqda butunjahon tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq jurnalistlarga xabar berdi.

"BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi bugun 2018 yilda Janubiy Sudandagi mojaro, odamlarning ommaviy ko‘chishi, ocharchilik va iqtisodiy vaziyatning yomonlashishi tufayli jabr ko‘rgan olti million insonga hayotiy muhim yordam ko‘rsatish uchun 1,72 milliard dollar yig‘ilishi haqida e'lon qildi", - deya aytib o‘tdi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro davom etayotgan 4 yil ichida taxminan 4 mln inson o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi, ulardan 2 millioni qo‘shni davlatlarga qochib chiqib ketdi. Bundan tashqari, mamlakatning ba'zi tumanlarida ommaviy ocharchilik xavfi bor, u tezkor harakatlarni talab qiladi, deya ta'kidlab o‘tdi Haq.

2017 yilda Janubiy Sudandagi inqiroz bo‘yicha gumanitar harakatlar rejasi 1,6 mlrd dollarga baholandi. BMT dekabr oyining boshiga kelib talab etilgan mablag‘larning taxminan 70 foizini oldi.

Janubiy Sudandagi vaziyat 2016 yilning 7 iyul kuni yanada keskinlashdi – mamlakat mustaqilligining besh yilligiga ikki kun qolganida. Tinch kelishuv imzolanganiga qaramay, poytaxtda prezident Salva Kiir va uning o‘rinbosari Riyeka Mashar tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etdi. Jubada joylashtirilgan BMT tinchlikparvar kuchlari esa, tinch aholi vakillariga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olishmadi, buni butunjahon tashkiloti kotibiyati tomonidan o‘tkazilgan ichki surishtiruv ham tasdiqladi.

BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok 7 dekabr kuni Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida chiqish qilib, 2018 yilning boshida mamlakatning 7 mln aholisi oziq-ovqat yordamiga muhtoj bo‘lishini xabar berdi. U Xavfsizlik Kengashini mojaro tomonlariga bosim o‘tkazish va ulardan xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilishga erishishga chaqirdi.

Mavzuga oid