Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: NUJning samolyot yonida uchib ketayotgani payqaldi
Buyuk Britaniya osmoni uzra noma'lum uchar jism payqaldi – aslida nima bo‘lganini avialayner yo‘lovchisi aniq tushuntirib bera olmadi.
Qayd etilishicha, Grand Brenton Buyuk Britaniya ustidan uchib o‘tib ketishayotganini videoga olgan, shunda u g‘alati obektga e'tibor qaratadi, shubhali obekt havo kemasidan biroz pastroqda uchib ketayotgan bo‘lgan.
Juda katta havo bilan to‘ldirilgan paketga o‘xshash oq likopcha kutilmaganda paydo bo‘lgan va katta tezlikda harakatlangan. Shu bilan birga, u vaqti-vaqti bilan osmonda o‘ziga xos yorqin izlar ham qoldirdi. Shundan so‘ng NUJ bulutlardan chiqib ketgan va pastga asta-sekin tusha boshlagan, biroq keyin katta tezlik bilan sho‘ng‘igan.
Video suratga olinayotgan paytda NUJ Kent grafligi ustidan uchib o‘tib ketgan, bu yer esa shubhali uchar buyumlar ko‘p uchrab turadigan joy hisoblanadi. Ufologlarning so‘zlariga ko‘ra, Sharqiy Kent va Janubiy Kent atrofidagi sohilbo‘yi chiziqlari NUJ uchun asosiy tumanlar sanaladi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
11:58 / 25.05.2026