Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada ilk haydovchisiz metro liniyasi ishga tushdi
15 dekabr kuni Istanbul shahrida Turkiyadagi birinchi Uskyudar - Umraniye haydovchisiz metro liniyasi ishga tushdi. Anadolu agentligida ta'kidlanishicha, tantanali ochilish marosimida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirok etgan.
"Ushbu yangi uchastka ekspluatatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi bilan Istanbul metrosi uzunligi 160 kilometrgacha cho‘zildi. 2019 yilga borib, bu raqamlar 355 kilometrgacha oshishi kutilmoqda. Biz qo‘yilgan maqsad - Istanbulni avtomobillardan ozod qilib, rivojlangan jamoatchilik transporti tizimini yo‘lga qo‘yish sari yaqinlashmoqdamiz", - deya ta'kidladi u.
Haydovchisiz poyezdlar birinchi bosqichda to‘qqiz stansiya faoliyat ko‘rsatuvchi 10 kilometrli Uskyudar - Urmaniye uchastkasi bo‘ylab harakatlanadi. 2018 yil iyuniga borib, tarmoq yana sakkiz bekatga oshiriladi, uning uzunligi esa 20 kilometrni tashkil qiladi. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, tarmoq butunlay ishga tushganda kuniga 700 ming yo‘lovchini tashiy oladigan bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026