Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi uy yerto‘lasidan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi
Moskva janubi-g‘arbidagi turar-joy uyi yerto‘lasidan erkak kishining jasadi topildi, u sellofanga o‘rab qo‘yilgan bo‘lgan. Bu haqda «Moskva» yangiliklar agentligi huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, 16 dekabr kuni Akademik Semyonov ko‘chasida joylashgan uyda istiqomat qiluvchi fuqarolardan biri politsiyaga murojaat qilgan. Erkak uyning yerto‘lasida noma'lum shaxsning jasadini topganini xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq yerto‘lada ishchilar ta'mirlash ishlarini olib borishgan.
«Yerto‘lada o‘zbekistonlik 38 yoshli shaxsning jasadi sellofanga o‘rab qo‘yilgan bo‘lgan. Erkakda bosh miya ochiq jarohati, tanasida esa – chuqur tig‘li jarohatlar topildi. Taxminlarga ko‘ra, qotillikni sodir etishda boltadan foydalanilgan. U taxminan ikki kun muqaddam o‘ldirilgan», - deya xabar berdi manba.
Ta'kidlanishicha, Tergov qo‘mitasi xodimlari qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishdi.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026