Jamiyat | 11:07 / 18.12.2017
22695
1 daqiqa o‘qiladi

Tug‘ilishni qayd etish uchun qaysi hujjatlar kerak va necha pul undiriladi?

SAVOL: Tug‘ilishni qayd etish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

M.Tog‘ayeva

JAVOB: Farzandingizga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olish uchun bolaning tug‘ilganligi haqidagi tibbiy ma'lumotnoma yoki tug‘ilganlik faktini belgilash to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari — pasport yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza yoxud nikohda bo‘lmagan onaning arizasini taqdim etishingiz kerak.

Tug‘ilishni qayd etish uchun faqat eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida gerb yig‘imi undiriladi.

Savolga “Navro‘z” nikoh uyi mudirasi Barno Ro‘ziyeva javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

UzA Shokirjonov Shuhrat
Tayyorlagan UzA Shokirjonov Shuhrat
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid