Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda poyezdning ko‘prikdan qulashi qurbonlari soni 6 kishini tashkil qilmoqda
Foto: © AP Photo/Elaine Thompson
18 dekabrda AQShning Vashington shtatida Amtrak kompaniyasiga tegishli tezyurar poyezdning ko‘prikdan qulashi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlik shtat ma'muriyatidan olgan ma'lumotga iqtibos keltirgan.
Falokat Sietldan 64 km uzoqlikda yuz bergan. Sietldan Portlendga yo‘nalayotgan Cascades poyezdining bir nechta vagoni izlardan chiqib ketib, ko‘prikdan I-5 shossesi ustiga qulagan. Vagonlar qulash vaqtida bir necha mashinaga tegib o‘tgan. Falokat vaqtida poyezdning tezligi 128 km/soatni tashkil etgan bo‘lishi mumkin.
Poyezd yangi temir yo‘l bo‘ylab ilk reysini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Ushbu temir yo‘lni qurishdan maqsad Sietl va Portlend shaharlari o‘rtasida yo‘lovchilar qatnovini tezlashtirishdan iborat bo‘lgan.
Shtat gubernatori Jyey Insli falokat tufayli favqulodda vaziyat tartibini kiritgan. Gubernator hozircha fojia qurbonlarining aniq sonini keltirmadi.
Poyezdda mashinist bilan birga 83 kishi bo‘lgan. Hukumat hozircha qancha kishi qurbon bo‘lgani yoki jarohatlangani haqida aniq ma'lumot bermayapti.
Mavzuga oid
10:43 / 13.02.2026
Vodiy–Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd reyslari yo‘lga qo‘yildi
11:00 / 28.01.2026
Rossiya armiyasi yo‘lovchi poyezdiga dron bilan zarba berdi: halok bo‘lganlar bor
15:21 / 26.01.2026
Ayrim shaharlararo poyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi
19:37 / 25.01.2026