Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan eng ko‘p pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga yuborilmoqda
Rossiyadan Tojikistonga joriy yilning to‘qqiz oyi davomida jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari Qirg‘iziston bo‘yicha ko‘rsatkichlardan oshdi, biroq RFdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmidan kamroqqa teng bo‘ldi. Bu haqda RF Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, ko‘rsatilgan davrda Rossiyadan Tojikistonga jismoniy shaxslarning transchegaraviy o‘tkazmalari hajmi 1 mlrd 663 mln dollarni tashkil qildi, bu 2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 231 mln dollarga ko‘proq.
Tojikistonga eng ko‘p pul o‘tkazmalari joriy yilning uchinchi choragida yuborildi - 741 mln dollar, bir o‘tkazmaning o‘rtacha miqdori esa 102 dollarga teng. Shu bilan birga, Rossiya rezidentlari Tojikistonga 171 mln dollarni yuborishgan bo‘lishsa, norezidentlar esa - 570 mln dollar.
2017 yilning uch choragi yakunlari bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2 mlrd 636 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Qirg‘izistonga - 1 mlrd 576 mln dollar.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026