Jahon | 20:05 / 20.12.2017
7919
2 daqiqa o‘qiladi

Yamanda 7 milliondan ko‘proq odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda

Foto: REUTERS/Khaled Abdullah

3 yildan beri qurolli ixtilof davom etayotgan Yamanda aholiga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda. Bundan Oxfam gumanitar birlashmasi ogohlantirmoqda.

Yamanda ixtilof yillari davomida 5300 kishi halok bo‘lgan, 3 mln kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan va bir mln.ga yaqin kishi vaboga chalingan. 

Yamanda, shuningdek, yonilg‘i va dori-darmon yetishmovchiligi kuzatilmoqda. 

Yamanning asosiy portlarining blokada qilinishi mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining keskin qimmatlashishiga olib kelgan. Yamanda 7 mln.dan ko‘proq odam ocharchilik xavfiga to‘qnash keldi.

“Yamanning vabo tarqalgan shaharlari va qishloqlarida ichimlik suvi mavjud emas. Ko‘plab shifoxonalarda dori-darmon yo‘q, bo‘g‘ma kasalligiga (difteriya) chalinish holatlari ko‘paymoqda”, deb aytilgan xabarda.

Yamanda 2014 yildan beri “Ansor Alloh” shialar harakati isyonchilari va mamlakat prezidenti Abdurabbo Mansur Hodiyni qo‘llab-quvvatlovchi hukumat qo‘shinlari o‘rtasidagi ixtilof to‘xtamayapti.

Mavzuga oid