Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston maktablarida darslarni turli vaqtda boshlash taklif qilinmoqda
Qirg‘izistondagi maktablarda darslarning boshlanishini o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston hukumatining jamoatchilik bilan aloqalari bo‘limida ma'lum qilindi.
Qirg‘iziston ta'lim va fan hamda ichki ishlar vazirliklariga yo‘llarda avtomobil tirbandliklaridan qochish uchun maktablarda darslarni turli vaqtda boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqish vazifasi topshirilgan.
Shuningdek, jinoyatlarni elektron hisobga olish axborot tizimini tatbiq qilishni tezlashtirish zarurligi ta'kidlab o‘tilgan.
Qirg‘iziston axborot texnologiyalari va aloqa davlat qo‘mitasi rahbari Nurbek Abaskanovning aytishicha, 2018 yil bahorida maktabgacha ta'lim muassasalariga navbatga qo‘yishning elektron tizimi tatbiq etiladi.
Bu tizim bolalar bog‘chalariga bolalarni qabul qilishda korrupsiya holatlarini istisno qilish va ijtimoiy adolatni o‘rnatishga imkon beradi. So‘ngra bu tizim barcha maktablarga nisbatan tatbiq qilinadi.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
18:39 / 23.04.2026