O‘zbekiston | 11:30 / 20.12.2017
29742
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri bo‘lgan samolyot Toshkent aeroportiga qo‘na olmadi

Foto: Getty Images

Qirg‘iziston parlamentining spikeri bugun O‘zbekiston poytaxtiga parvoz qildi, bu yerda uning rasmiy tashrifi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda 24.kg.

Biroq Doston Jumabekov boshchiligidagi delegatsiya bo‘lgan bort Toshkent shahri aeroportiga qo‘na olmagan. Samolyot Samarqandga qo‘ngan.

Bunga aeroport joylashgan hududdagi tuman sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston parlament delegatsiyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Senat va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raislari Nig‘matilla Yo‘ldoshev hamda Nuriddin Ismoilov bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Delegatsiya «Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston» ekspozitsiyasiga tashrif buyuradi, shuningdek O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yish marosimida ishtirok etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid