Jahon | 07:39 / 20.12.2017
4392
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikadagi avtohalokatda 15 sayyoh halok bo‘ldi

Meksikada xorijiy sayyohlarni Chakchobenga ekskursiyaga olib ketayotgan turistik avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohat oldi. Qurbonlarning 11 nafari voqea joyida, yana 4 nafari shifoxonaga yo‘lda halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida AQSh, Shvetsiya, Braziliya va Italiya fuqarolari bor. Sayyohlarning barchasi Meksikaning Maxaual portiga kruiz laynerida tashrif buyurishgan. Avtobusda hammasi bo‘lib 31 sayyoh bo‘lgan.

Foto: South China Morning Post
Foto: Daily Mirror

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid