17:03 / 21.12.2017
21679

«Yolg‘onlar uyi». Netanyaxu BMTga «tashlandi»

Foto: AP

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, uning davlati BMT Bosh Assambleyasida al-Quds bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi yuzasidan rejalashtirilayotgan ovoz berish jarayonini «qat'iy rad etadi». U BMTni «yolg‘onlar uyi» deb atagan, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

AQSh 18 dekabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashining al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olinishini bekor qiluvchi rezolyutsiyasi qabul qilinishini bloklab qo‘ydi. BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiya loyihasi olib chiqiladigan maxsus sessiyasi bugun, 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

«Al-Quds Isroil poytaxti sanaladi, buni BMT tan olishi yoki olmasligining farqi yo‘q. AQSh buni rasman tan olishi uchun 70 yil talab etildi, hamda BMT ham buni tan olishiga yana yillar kerak bo‘ladi. Jahonning ko‘plab davlatlari tomonidan Isroilga bo‘lgan munosabat BMT devorlaridan tashqarida o‘zgarmoqda, ... u yolg‘onlar uyi sanaladi», - deya ma'lum qildi Netanyaxu Ashdoddagi chiqishi vaqtida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil al-Qudsdagi qurilish ishlarini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Netanyaxu AQShga minnatdorlik bildirgani xabar qilingandi.

 

Mavzuga oid
Top