Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston BMTda Trampning Al-Quds bo‘yicha qarorini yoqlamaganlar tarafida bo‘ldi
Bugun, 21 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi ish kunida AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Quds shahrini Isroil poytaxti, deb tan olgani atroflicha ko‘rib chiqildi.
BMT Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston AQSh prezidenti Donald Trampning xatti-harakatlarini "haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risida"gi Bosh Assambleya rezolyutsiyasini yoqlab ovoz berdi. Shuningdek, 127ta mamlakat vakillari ham O‘zbekiston kabi munosabat bildirgan bo‘lsa, 9 nafar BMTdagi doimiy vakil qarshi ovoz bergan. Bundan tashqari, 35ta davlat vakillari ovoz berishda ishtirok etmagan.
Rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganlar orasida Turkmaniston, Isroil va AQShning BMTdagi doimiy vakillarini ko‘rish mumkin.
Ma'lumot uchun, ushbu hujjat deklarativ kuchga ega bo‘lib, hech qanday yuridik maqomga ega emas, ya'ni rezolyutsiyaning qabul qilinishi dunyo hamjamiyatining mazkur voqea yuzasidan umumiy pozitsiyasini bildiradi, xolos. AQSh prezidentining qarorini haqiqiy emas, deb topish uchun ushbu masala BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama etilishi shart.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026