Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga yanada ko‘proq sayyohlarni qanday jalb etish mumkin?
Qonun hujjatlari ta'sirchanligini baholash tizimi portalida «Tourist-friendly» tizimi bo‘yicha sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi taqdim etildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xabar qilishicha, «tourist-friendly» («sayyohlarga do‘stona») tizimi bo‘yicha sertifikatlash turistik namoyish qilish obektlari hamda infratuzilmaning sanitariya normalariga, doimiy ravishda issiq suv, elektr ta'minoti rezerv tizimlari, videokuzatuv tizimlari, xorijiy tillarni egallagan xodimlar, turli to‘lov tizimlari mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi talablarga va boshqa mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Sertifikat egalari ingliz tilida maxsus sifat belgisini qo‘lga kiritishadi. U sayyohga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tanlashda erkin mo‘ljal olish imkonini beradi, deyiladi xabarda.
Loyihaning asosiy qoidalari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Loyihaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026