Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Afrosiyob» elektropoyezdi 2018 yildan boshlab Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishida qatnaydi
«Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdi 2018 yildan boshlab Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishida qatnaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Murojaatida ma'lum qildi.
O‘zbekiston rahbarining ta'kidlashicha, yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» elektropoyezdini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha 2018 yilda yakunlanadi.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston «Qarshi-Kitob temir yo‘lini elektrlashtirish» investitsiya loyihasini yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlar harakatini tashkillashtirish bilan amalga oshirmoqda. Investitsiya loyihasining taxminiy qiymati 58,87 mln dollarga teng.
Mavzuga oid
12:50
Ohangaron poligonidagi yong‘in uchun “Maxsustrans”ga qariyb 684 mln so‘mlik kompensatsiya hisoblandi
17:14 / 17.07.2026
Chilonzor tumanini elektr uzilishlari qamrab oldi
11:40 / 17.07.2026
Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi
05:32 / 17.07.2026