Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vaziri tizimni nopok, befarq va poraxo‘r xodimlardan tozalashini bildirdi
Foto: KUN.UZ
Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni kuchaytirish, xodimlarni tarbiyalash, ichki ishlar organlari tarkibiga adashib kirib qolgan befarq, mas'uliyatni to‘la anglamasdan, fuqarolarning haqli e'tiroziga sababchi bo‘layotgan nopok, tamagir, poraxo‘r va boshqa ichki ishlar organlari xodimi, degan nomga dog‘ tushirishi mumkin bo‘lgan salbiy harakatlarni sodir etishga moyil xodimlardan voz kechish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar bajarilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Senatning XIII yalpi majlisidagi nutqida bildirib o‘tgan.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, vazir hisobot davrida xizmat intizomini buzgani uchun 7000dan ziyod xodimlar intizomiy jazoga, jinoyat sodir etgani uchun 201 nafar shaxs javobgarlikka tortilganini ma'lum qilgan.
«Ushbu jinoyatlarning 66tasi poraxo‘rlik, 33tasi esa firibgarlik holatlari bo‘yicha yuz bergani aniqlangan. 2017 yilning mos davri yuzasidan, 37ta jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish, 601ta jinoiy ish qo‘zg‘atish holatlarini noqonuniy rad etish yuz berdi. Bu yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan keskin choralar qo‘llanildi. Hozirda har bir jinoyatni o‘z vaqtida hisobga olish, shuningdek, qaydlarning kundalik nazorati yo‘lga qo‘yildi», deb ta'kidlagan vazir.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov kelgusida shaxsiy tarkib xodimlarining malakasini oshirish, kadrlarning muomala madaniyati, mas'uliyatini yuksaltirish masalalariga alohida e'tibor qaratishini bildirdi.
«2018 yil 1 yanvardan boshlab, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan, xizmat vazifasiga mas'uliyatsiz yondashgan yoki unumsiz ish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan xodimga to‘lanadigan maoshining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima qo‘llaniladi», deydi Po‘lat Bobojonov.
Mavzuga oid
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
12:46 / 26.12.2025
IIV: yangi yil “sovg‘alari” orqali Telegram’da fishing va zararli havolalar ko‘paymoqda
20:37 / 23.12.2025