Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Onasi yo‘lbarsga yem bo‘lgan qiz Pekin safari-parkidan 14 million dollar talab qilmoqda
Foto: CCTV
Onasi yo‘lbarsga yem bo‘lgan qiz Pekindagi safari-parkidan deyarli 14 million dollar talab qilmoqda. Voqea aslida 2016 yilda sodir bo‘lgan. Qiz onasi va turmush o‘rtog‘i bilan qo‘riqxona hududi bo‘ylab mashinada harakatlanayotgan edi.
Qiz onasi bilan bahslashib qolib, avtomobildan tushadi. Qo‘riqxonada yirtqichlar bemalol harakatlangani bois bunday qilish mumkin emasdi. Shunda darhol unga yo‘lbars hujum qildi, deb yozadi Mirror.
Yo‘lbarsni haydashga uringan ona qizini qutqarib qolib, o‘zi halok bo‘ldi, qiz esa nogiron bo‘lib qoldi.
Tergov ishi safari-parkda barcha xavfsizlik choralari qo‘llanganini ko‘rsatganiga qaramay, qiz tovon puli talab qilmoqda.
Mavzuga oid
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
22:23 / 19.04.2026
Rostovda sirk tomoshasi paytida yo‘lbars tomoshabinlar orasiga kirib oldi
07:20 / 06.03.2026
Qozog‘iston yo‘lbarslarni qaytarish uchun o‘n minglab daraxt ekmoqda
15:00 / 29.07.2025