Argentina sudi senator va sobiq prezident Kristina Fernandes de Kirşner advokatlarining 1994 yilda Buenos-Ayresdagi yahudiy madaniyat markazidagi portlaşni tergov qilişga tösqinlik qiliş ayblovlari bilan boğliq sudgaça qamoqda uşlab turilişiga doir qaror appelyatsiyasini rad etdi. Payşanba kuni Sud axborot markazi saytida şunday mazmundagi qaror taqdim etildi.
"Kristina Fernandes de Kirşnerning hibsga olinişiga doir qaror qöllab-quvvatlansin, uning ijro etilişi sudya [Klaudio Bonadio] talab qilgan parlament imtiyozlaridan mahrum etiş jarayonining natijalariga boğliq", - deyiladi hujjatda.
Şu bilan birga, yuqori instansiya sobiq prezidentga nisbatan ilgari surilgan "vatanga xiyonat" bilan boğliq ayblovlarni asossiz deb hisobladi, zero jinoiy kodeksning bu moddasiga muvofiq keliş uçun xatti-harakatlar "uruş şaroitlarida" bajarilgan bölişi kerak. Sudya qaroriga muvofiq, sobiq davlat rahbari "lavozimni suiiste'mol qiliş", "oğir holatlarni yaşiriş" va "terakt tergoviga tösqinlik qiliş"da gumon qilinmoqda.
Mazkur jinoiy işni qözğatiş uçun 2015 yilning yanvarida prokuror Alberto Nisman tomonidan Fernandes de Kirşner va sobiq TIV rahbari Ektor Timerlanga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar asos böldi. Uning fikriça, sobiq hukumat Eron bilan donni neftga almaştiriş töğrisidagi Argentina uçun foydali şartnomaga doir muzokaralar olib borgan. Prokurorning ta'kidlaşiça, kelişuv şartlaridan biri - Argentina tomonidan qidirilayotgan 85 kişining hayotiga zomin bölgan teraktga aloqador 5 nafar eronlikni javobgarlikdan ozod qiliş bölgan. Nisman Kongressda dalillarni taqdim etişi kerak bölgan kundan bir kun oldin u öz uyidan ölik holda topilgan.
Iş qözğatilganidan keyin parlament dahlsizligi sabab ozodlikda yurgan Fernandes de Kirşner va işga aloqadorlikda gumon qilinayotgan boşqa kişilarning advokatlari Bonadioning qarorini apellyatsiyaga berişdi hamda uni iste'foga çiqarişni söraşdi. Himoyaning fikriça, sudyaning qarorlari qonunga zid bölib, siyosiy jihatdan asosga ega emas.











