Jamiyat | 21:10 / 23.12.2017
11003
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda o‘rta sinf AQSh va Yaponiyadagi o‘rta sinfdan yaxshiroq yashayotgani aniqlandi

Foto: asia.nikkei.com

Xitoyda o‘rta sinf o‘z pozitsiyalarini bosqichma-bosqich kuchaytirmoqda - bu guruh vakillarining 80 foizi 5 yil avvalgidan yaxshiroq yashashni boshlaganlarini aytmoqdalar. Yaponiya va AQShda o‘rta sinfning ahvoli, aksincha, yomonlashgan. Xitoyliklar nafaqat moddiy farovonlikni sezdilar, balki kiyim-kechak va gastronomiyaga ham qiziqa boshladilar.

Yaponiyaning Hakuhodo DY Holdings konsalting kompaniyasi o‘rta sinf vakillari o‘zlarining moddiy va madaniy farovonligini qanday baholashlarini aniqladi. So‘rovnomada Pekin, Shanxay va Guanchjoudan 900 xitoylik, Tokio va Osakadan 600 yaponiyalik, Nyu-York va Los-Anjyelesdan 600 amerikalik ishtirok etdi. Xitoyda yillik daromad oilaga 100 ming yuanni (14 ming dollarga yaqin) tashkil qiladigan aholi o‘rta sinfga kiritildi.

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, o‘rta sinfga taalluqli 80 foiz xitoyliklar ularning ahvoli oxirgi 5 yilda yaxshilangan, deb hisoblamoqdalar. Yaponiya va AQShda 40-50 foiz respondentlar shunday fikrdalar.

Xitoyliklar ko‘proq oziq-ovqat va shoping bilan qiziqa boshlaganlar. Xitoyda 96 foiz, Yaponiya va AQShda esa 50 foiz respondentlarni kiyim-kechak qiziqtiradi. Gastronomiyaga esa 98 foiz xitoyliklar qiziqqan bir paytda, yaponiyaliklar va amerikaliklar orasida bundaylar 70 foizni tashkil qilmoqda.

Tadqiqot Xitoyda o‘rta sinf oziq-ovqat mahsulotlarining kelib chiqishi va ular tarkibi bilan qiziqa boshlagani ta'kidlab o‘tilgan. Tahlilchilar buni turmush darajasi ortgani bilan bog‘lashmoqda.

Economist Intelligence Unit prognoziga ko‘ra, 2030 yilga kelib Xitoyda kishi boshiga 2100 dollardan 10800 dollargacha yillik daromadga ega o‘rta sinf ko‘pchilikni tashkil qiladi. Kam ta'minlanganlar ulushi esa 11 foizga kamayadi. O‘rta sinf vakillarining ko‘payishi salomatlik va sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga talab yuqori bo‘lishiga olib keldi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid