Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi sud binosidan o‘zbekistonlik ikki migrant qochib ketdi
Moskvadagi Kuzminsk tumani sudidan qo‘lga olingan ikki shaxs qochib ketdi, politsiya bu haqdagi ma'lumotni tekshirmoqda, deb xabar berdi "Interfaks" o‘z manbasiga tayangan holda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, politsiyaga O‘zbekistonning ikki fuqarosi Kuzminsk tumani sudidan qochib ketgani haqida ma'lumot kelib tushgan. Keyinchalik Moskva shahar sudi ham bu xabarni tasdiqladi.
"Kuzminsk sudida juma kuni ikki xorijiy fuqaroga nisbatan ma'muriy ish ko‘rilayotgandi. Qaror e'lon qilinib, uning nusxalari tayyorlanayotganida, ko‘rsatilgan fuqarolar, politsiya xodimlari nazorati ostida bo‘lgani holda, chekishga ruxsat so‘rashgan, keyin esa ko‘chaga chiqishgan va qochib ketishgan", - deya aytib o‘tdi Moskva shahar sudi matbuot kotibi Ulyana Solopova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qochib ketgan shaxslar RF Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 18.18-moddasi bo‘yicha ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
O‘z navbatida, manbaning "Interfaks"ga xabar berishicha, O‘zbekistonning 1989 va 1992 yilda tug‘ilgan fuqarosini qidirish uchun Moskva politsiyasi tomonidan “Tutish” tadbiri o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
19:51 / 30.06.2026