Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning harbiy maqsaddagi mahsulotlarini “tengi yo‘q” deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh dunyodagi eng yaxshi harbiy maqsaddagi mahsulotlarni ishlab chiqarishini aytdi. Tramp bu haqda soliq islohoti qonun loyihasi va hukumatning moliyalashtirilishini uzaytirish bo‘yicha rezolyutsiyani imzolagandan keyin jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.
“Biz dunyodagi eng yaxshi harbiy maqsaddagi mahsulotlarni ishlab chiqaramiz. Bu borada hech kim bizga yaqinlasha olmagan ham”, deb aytgan Tramp.
Tramp imzolagan rezolyutsiyada, u ta'kidlaganidek, “dunyodagi eng yaxshi raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimi va raketalar” xarid qilinishiga 4 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan.
Trampning aytishicha, hujjatga ko‘ra 700 mln dollar boshqa harbiy texnika va qurilmalar uchun ajratiladi. “Qurolli kuchlarimiz fantastik ishni amalga oshirdilar, jumladan, IShIDga qarshi kurash borasida”, deb aytgan Tramp.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026