O‘zbekiston | 21:19 / 23.12.2017
20552
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax yoshlariga O‘zbekiston qurolli kuchlarining salohiyati namoyish etildi

Jizzax viloyat hokimligi va Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 26 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida“gi farmoyishiga asosan mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilayotgan “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostidagi “Armiya va yoshlar” festival-aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu aksiya Jizzax viloyat markazidagi Mustaqillik maydonida o‘tkazilib, unda 10 mingga yaqin jizzaxlik yoshlar qatnashdi. Bu haqda Jizzaxdan Kun.uz muxbiri Akmal Binokulov xabar bermoqda.

Festival-aksiyada zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning oziq–ovqat va kiyim–kechak ta'minoti, harbiy xizmatchilarning safda qo‘shiq bilan yurishi qo‘l jangi elementlari bilan chiqishlar namoyish etildi.

- Bugungi festivaldagi chiqishlar bu yerda jam bo‘lgan minglab mard va jasur yoshlarimizni har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli, bilimli, jamiyatimizning barcha sohalarini isloh qilishda ishtirokini ta'minlash bilan bir qatorda vatanparvarlik ruhini oshiradi - deydi Jizzax viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Saliyev

Shuningdek, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining maxsus texnikalari hamda texnik qurol-yarog‘lari va harbiy aloqa vositalari namoyish etildi.

Mavzuga oid