Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 300 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qildi
Foto: Reuters
2017 yilda dunyoda tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 306 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Shveytsariyaning Swiss Re sug‘urta kompaniyasi ma'lum qildi.
Kompaniyaning hisob-kitobiga ko‘ra, tabiiy ofatlardan ko‘rilgan ziyon 63 foizga – 188 mlrd dollardan 306 mlrd dollargacha oshgan.
Kompaniyaning fikricha, tabiiy ofatlardan eng ko‘p Amerika qit'asi zarar ko‘rgan. Bu qit'ada Karib va AQSh janubiga yopirilgan “Harvi”, “Irma” va “Mariya” dovullari, Meksikada zilzilalar, Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari qayd qilingan.
Ofatlar qurbonlari 11 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan.
“Harvi”, “Irma” va “Mariya” dovullaridan ko‘rilgan ziyonlar uchun to‘lanadigan sug‘urta to‘lovlari 93 mlrd dollarga baholangan.
Mavzuga oid
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
16:28 / 13.03.2026
Urush. Tramp g‘alaba e’lon qildi. Nahotki?
14:29 / 07.03.2026
“300 ga 300”: Ukraina va Rossiya harbiy asirlar almashdi
12:30 / 06.03.2026