Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemala AQSh ortidan elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qildi
Gvatemala prezidenti Jimmi Morales 24 dekabrda mamlakatning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qilinganini ma'lum qildi.
“Bugun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan gaplashdim. Asosiy mavzulardan biri Gvatemala elchixonasining Al-Qudsga qaytarilishi bo‘ldi. Men tashqi ishlar vaziriga bu xususda tegishli harakatlarni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdim”, deb yozgan Morales Facebook’dagi sahifasida.
AQSh prezidenti Donald Tramp dekabr oyi boshida Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qilib, AQShning Isroildagi elchixonasini u yerga ko‘chirish haqidagi qarorni imzolagan. Trampning bu qarori Isroilda ijobiy qabul qilingan, biroq qolgan ko‘plab davlatlarda salbiy munosabat uyg‘otgan.
BMT Bosh assambleyasi 21 dekabrda AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorining tan olinmasligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Ovoz berish jarayonida hujjatni 128 davlat qo‘llab-quvvatlagan, 9 davlat, jumladan Gvatemala unga qarshi chiqqan, 35 davlat betaraf qolgan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026