Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm, Buxoro, Samarqand va Qashqadaryoda “Xavfsiz turizm”ga mas'ullar tayinlandi
O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasi amalga oshirilmoqda, deb yozmoqda O‘zA.
Xorazm viloyat xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Muhammadjon Amangaldiyevich Ataboyev, Buxoro viloyat xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Erkin Nasilloyevich Safarov, Samarqand viloyat xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Mirzoxon Fayozovich Zubaydullayev hamda Qashqadaryo viloyat xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Azizjon Sobirovich Saidxo‘jayev tayinlandi.
Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan edi.
Kontseptsiyada mazkur viloyatlar IIBlarida xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalari tashkil etilishi, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida IIB boshliqlari o‘rinbosarlari hisoblanishi, shaxsiy tarkib esa tanlov asosida, birinchi navbatda, chet tillarini biladigan xodimlar jumlasidan shakllantirilishi nazarda tutilgan edi.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
11:40 / 08.06.2026