Jamiyat | 23:25 / 25.12.2017
22024
2 daqiqa o‘qiladi

Majburiy obuna bilan bog‘liq murojaatlaringizni KUN.UZ’ga jo‘nating

Foto: Fotolia

Hurmatli saytimizning aziz mushtariylari! Ma'lumki, bugun saytimizda saytimizga yuborilgan ko‘plab murojaatlar asosida «Obuna mavsumi. Majburlashlar avj olayotgan bu sohani ham tartibga solish fursati yetib kelmadimi?» mavzusida maqola e'lon qilindi.

Tahririyat ushbu illatni yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida jurnalistik surishtiruv olib borishga ahd qilgan. Shu maqsad yo‘lida yanada kengroq informatsiyaga ega bo‘lish uchun bizga sizlarning yordamlaringiz kerak bo‘ladi.

Sizni ham obuna bo‘lishga majburlashganmi? Aynan qaysi nashrlarga, maoshingizdan qancha ushlab qolishgan yoxud necha puldan yig‘ishga majburlashgan? Obuna bo‘lgan nashringiz o‘z vaqtida yoki umuman yetkazilmagan holatlar bo‘lganmi? Bu holatlar qay yo‘sinda amalga oshirilgan.

Tahririyatimizning info@kun.uz elektron pochtasi yoki aloqa bo‘limiga o‘zingiz guvoh bo‘lgan holatlar haqida yozib yuborsangiz.

Mavzuga oid