Jahon | 19:57 / 25.12.2017
31113
2 daqiqa o‘qiladi

Avtobus yer osti o‘tish yo‘lida. Moskvadagi hodisa tafsilotlari

Foto: Twitter/ @martin_camera

Moskvada metroning “Slavyanskiy Bulvar” stansiyasi yaqinida “Mostransavto”ning shahar tashqarisiga qatnovchi avtobusi yer osti o‘tish joyiga kirib ketib, piyodalarni urib yuborgan. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, oqibatda 5 kishi halok bo‘lgan, 15 gacha kishi jarohat olgan, ularning ba'zilarini avtobus g‘ildiraklari ostidan chiqarib olishga to‘g‘ri kelgan.     

Hozircha voqeaning aniq sababi ma'lum emas. Avtobus haydovchisining aytishicha, avtobus o‘zi yura boshlagan. “Avtobusni to‘xtatishga barcha urinishlarga qaramasdan, tormoz tizimi ishlamagan va avtobus harakatni davom ettirgan”, deb ma'lum qilindi Rossiya tergov qo‘mitasi matbuot xizmatida va haydovchini so‘roq qilish davom etayotgani qo‘shimcha qilindi.  

Foto: Twitter/ @aban_in

Tergovchilar voqea joyida ishlashni va guvohlarni so‘roq qilishni davom ettirishmoqda. Ushbu ish bo‘yicha bir qator tekshiruvlar, jumladan haydovchining tibbiy ma'lumotnomasini tekshirish belgilangan.

“Mostransavto” haydovchi reys oldidan majburiy tibbiy ko‘rikdan, jumladan qonida spirtli ichimlik va giyohvand modda borligiga tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Shuningdek, avtobus ham soz holda bo‘lgan.

Avtofalokatning asosiy sabablari sifatida transport vositasining nosozligi va boshqaruvni qo‘ldan chiqarish qaralmoqda.

Moskva meri Sergey Sobyanin avtofalokatda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. 

Foto: Twitter/ @martin_camera
Foto: Twitter/ @aban_in
Foto: Twitter/ @aban_in
Foto: Twitter/ TASS
Foto: TASS
Foto: TASS
Foto: TASS
Foto: TASS
Foto: TASS
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid