Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘tgan haftada nechta YTH yuz bergani ma'lum bo‘ldi
O‘tgan haftada O‘zbekistonda jami 154 yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Oqibatda 138 fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zA O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 88 ming 333 qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 44 ming 732 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 2 ming 118 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 591 holatda belgilangan tezlik talabi buzilgan, 1081 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan.
Harakat vaqtida telefondan foydalangan 897 nafar, xavfsizlik tasmasini taqmagan 14 ming 218 nafar haydovchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
17:29 / 09.07.2026
Haydovchilar pasport yo guvohnoma ko‘tarib yurish majburiyatidan qachon xalos bo‘ladi?
14:18 / 08.07.2026