Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston va Tojikiston o‘rtasidagi chegarada «Tolibon» jangarilari turibdi – Putin
Afg‘oniston, Tojikiston o‘rtasidagi chegaraning deyarli barcha uzunligi bo‘ylab «Tolibon» harakati jangarilari turibdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yig‘ilish palatalari rahbariyati bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
Putinning fikriga ko‘ra, vaziyatni og‘irlashtirayotgan xavotirli element – Afg‘onistonda IShID jangarilarining paydo bo‘lishi. Ular «Tolibon» bilan qarama-qarshilikka kirishib ketishgan. «Bu u yerdagi vaziyatni qo‘shimcha ravishda yomonlashtirmoqda», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Putinning ta'kidlashicha, hech narsaga qaramay, ijobiy holatlar ham bor.
«Men bugun Turkmaniston prezidenti bilan gaplashdim, va u Afg‘oniston hududi orqali hamda keyinchalik qo‘shnilarga – Pokiston, Hindistonga gaz quvuri tizimining qurilish rejalari haqida eslatdi. U bizni ishtirok etishga taklif qildi. Umuman olganda, u yerdagi ba'zi loyihalar haqiqatdan ham amalga oshirilmoqda, ancha muvaffaqiyatli bajarilmoqda, jumladan Turkmaniston bilan ham. Biroq bunday loyihalarni amalga oshirish qanchalik mumkin ekanini ko‘rish lozim», - deya ta'kidlab o‘tgan u.
Mavzuga oid
20:40 / 16.07.2026
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
09:59 / 05.07.2026