Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi o‘tkaziladi, Mirziyoyev ham qatnashadi
Moskvada bugun, 26 dekabr kuni MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
«2017 yilning 26 dekabr kuni Moskvada MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. MDHda 2017 yildagi Rossiya raisligining yakunlari sarhisob qilinishi va turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashish rejalashtirilgan», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev, Armaniston yetakchisi Serj Sargsyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston yetakchisi Sooronbay Jeenbekov, Moldova rahbari Igor Dodon, Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.
Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuvda qatnashmaydi. Avvalroq Kreml matbuot xizmati Putin Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqotda ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek MDH doirasidagi o‘zaro aloqalarni muhokama qilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026