Jahon | 23:20 / 26.12.2017
11955
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik Qozog‘istonga kelish uchun 1,5 ming kilometrlik yo‘lni traktorda bosib o‘tdi 

Foto: Pavlodarnews.kz

Xitoylik Odil Xamitxon Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida qo‘nim topish uchun 1,5 ming kilometrlik yo‘lni traktorda bosib o‘tdi. Buning uchun erkakka bir hafta kerak bo‘lgan.

“Men har doim farzandlarim o‘z asl yurtlarida yashashlarini orzu qilganman. Birinchi marta men Pavlodar viloyatiga aprelda kelganman, vaziyatni ko‘zdan kechirib, mahalliy rahbariyat bilan gaplashganman va yozda bu yerga oilam bilan kelganman. Bu joyning yeri va tabiati yaxshi, chorvadorlik uchun qulay sharoitlar mavjud. Shu sababli bu joyni tanladik”, deb aytmoqda erkak.

Xamitxonning oilasi Xitoydagi barcha mol-mulkini sotib, Qozog‘istonga yo‘l olgan. Erkak rafiqasi va ikki farzandini avtobusga o‘tkazgan, o‘zi esa tanishi bilan traktorda yo‘lga tushgan. Ular bir-birlari bilan almashib, to‘xtashlarsiz belgilangan manzilga bir haftada yetib kelganlar.

Mavzuga oid