Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabda ko‘zi yorigan o‘qituvchi bolasini sumkaga solib qo‘ydi
Boshqordiston poytaxti Ufadagi maktablardan birida homiladorlikning kechki muddatlarida ishga kelgan o‘qituvchi shundoq dars vaqtida ko‘zi yorigan. O‘zgalar yordamisiz tuqqan o‘qituvchi bolasini sumkaga solib qo‘ygan. Bu haqda “Bashkortostan” telekanali xabar bermoqda.
O‘qituvchi maktabdan kuchli qon oqish bilan shifoxonaga olib ketilgan. Ayol shifokorlarga ko‘zi yoriganini aytmagan. Ayolning tuqqani shifoxonada ko‘rikdan o‘tgandan keyin aniqlangan. Ayoldan bola qayerdaligini so‘rashganda, u sumkasini ko‘rsatgan.
Afsuski, bola topilganda o‘lik holda bo‘lgan. Ayolning aytishicha, bola jonsiz holda tug‘ilgan.
Tergov qo‘mitasida ma'lum qilinishicha, ushbu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bolaning o‘limi sababi va u tug‘ilganda tirik bo‘lgani-bo‘lmaganini aniqlash uchun ekspertizalar o‘tkazish belgilangan.
Mavzuga oid
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
13:38 / 21.05.2026
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
17:49 / 19.05.2026