Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ot sporti tarixida ilk bor O‘smirlar o‘rtasidagi yozgi Olimpiada bahslarida O‘zbekiston vakili ishtirok etadi
O‘zbekiston ot sporti tarixida ilk bor terma jamoamiz a'zosi O‘smirlar o‘rtasidagi yozgi Olimpiada bahslarida ishtirok etadi. 2018 yilda Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahri mezbonlik qiladigan bahslarda hamyurtimiz Abdushukur Sobirjonov yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Ta'kidlash joizki, mazkur nufuzli musobaqaga nomzodlar Sirtqi Jahon kubogi – Chellenj musobaqalaridagi ishtiroki va yuqori ko‘rsatkichlari asosida tanlanadi. Bu yilgi Chellenj musobaqalarining Eron, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Qatar, Suriya, Birlashgan Arab Amirligi, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston kabi to‘qqiz davlatdan iborat oltinchi reyting guruhida jami 78 nafar chavandoz ishtirok etdi. Olimpiada litsenziyasi uchun bo‘lgan jiddiy va murakkab bahslar davomida har bir chavandoz o‘z iqtidori va salohiyatini namoyish qilish bilan birga Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Har bir mamlakat Chellenj musobqalarining natijalarini Xalqaro Ot sporti federatsiyasi (FEI) ga jo‘natadi va ana shu natijalar asosida Olimpiada qatnashchilari aniqlanadi. Ekspertlar chavandozlarning yuqori ko‘rsatkichlariga katta e'tibor qaratishadi.
To‘qqiz mamlakat chavandozlari orasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlar davomida Abdushukur Sobirjonov marraga 63.04 soniyalik natijani qayd etib, hech qanday jarima balli olmasdan yetib keldi va peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Yana shuni faxr bilan qayd etish kerakki, O‘smirlar o‘rtasidagi yozgi Olimpiada bahslarida yosh chavandozimiz mamlakatimiz sha'nini himoya qilish bilan birga Osiyo minataqasi terma jamoasi sharafi uchun ham bellashuvlarda ishtirok etadi.

Abdushukur Sobirjonov 2002 yilda tug‘ilgan. Ot sportining to‘siqlardan ot sakratish turi bo‘yicha bir necha bor O‘zbekiston chempioni, bir necha bor ot sportining to‘siqlardan ot sakratish turi bo‘yicha Jahon kubogi Markaziy Osiyo ligasi chempioni bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026