Jahon | 20:10 / 26.12.2017
7224
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumonlanayotgan 23 kishi ozod qilindi 

Foto: Fotolia

Saudiya Arabistonida korrupsiya ishi bo‘yicha noyabrdan beri hibsga olingan 200 dan ko‘proq kishidan 23 kishi ozod qilindi. Bu haqda Okaz nashri xabar bermoqda. 

Barcha ozod qilinganlar hukumat bilan bitim tuzishgan. Ayblovlarni rad etayotgan qolgan gumonlanuvchilar sud oldida javob berishadi. 

“Hukumat bu ishni iloji boricha tezroq yopishni istamoqda”, deb aytgan rasmiy doiralardagi nomi ma'lum qilinmagan manba.

Ozodlikka chiqarilganlarning ismlari ma'lum qilinmagan.

Ushbu ish bo‘yicha 200 dan ko‘proq kishi so‘roq qilingan, 2 mingdan ko‘proq bank hisob raqami muzlatib qo‘yilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid