Jahon | 22:20 / 27.12.2017
9862
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Meksika bilan chegarada quriladigan devorning variantlari taqdim qilindi

AQShning San-Diyego shahrida (Kaliforniya shtat) AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z saylovoldi kompaniyasida Meksika bilan chegarada qurishga va'da bergan devorning 8 ta maketi taqdim qilindi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.

Ayni vaqtda AQSh chegara xizmati mutaxassislari turli kompaniyalar tomondan yaratilgan 8 ta turli devorni sinovdan o‘tkazishmoqda. 

Foto: Global Look Prees/K.C. Alfred

“Bu xalqaro hamjamiyatga biz dunyodagi eng ajoyib, buyuk davlat ekanimizga va AQShga kelmoqchi bo‘lganlarga qonuniy usullardan foydalanishni qat'iyan tavsiya qilishimizga ishoradir”, deb aytdi chegara xizmatining mahalliy bo‘limi boshlig‘i.  

Sky News’ning ma'lum qilishicha, Meksikadan AQShga keluvchi noqonuniy muhojirlarning soni 30 yil ichida qisqarib borgan: 1986 yilda bundaylar 628 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2016 yilda 31 ming kishini tashkil qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid