Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika kompaniyalari har yili bekor o‘tirgan xodimlarga 100 mlrd dollar to‘laydi
Foto: Fotolia
AQSh kompaniyalari xodimlarga har yili ishda bekorga sarflangan vaqt uchun 100 mlrd dollar to‘laydi. Bu haqda «Vedomosti» Ostindagi Texas Universitetining McCombs School of Business dotsenti Endryu Brodski tadqiqotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ekspertlar 29 kasbning 1003 vakilini so‘rovdan o‘tkazishgan. Ularning to‘rtdan uch qismi ishlarida bekorga sarflanadigan vaqt bo‘lishini tan olishdi, 22 foiz respondentlar esa bunday holat ular bilan har kuni yuz berishini aytishdi.
Tadqiqotchilar bekorga sarflangan vaqt sifatida xodim ish o‘rnida bo‘lgan, biroq o‘z majburiyatlarini bajarmagan vaqtni belgilashgan: masalan, do‘kon sotuvchisi xaridorlarni kutish chog‘ida hech narsa bilan band bo‘lmaydi.
Olimlar bunday bekorga ketgan vaqt qiymatini olish uchun ularning bir yildagi o‘rtacha miqdorini ofislarda to‘liq kun davomida ishlovchi amerikaliklar soniga ko‘paytirishdi. Tadqiqotchilar bu raqamni mamlakatdagi o‘rtacha ish haqiga ham ko‘paytirishgan – soatiga taxminan 17,09 dollar.
Hisobot muallifi Endryu Brodskining ta'kidlashicha, ishdagi tanaffuslar foyda keltirishi mumkin: ular xodimlarga professional «yonib ketishdan» himoyalanishda yordam beradi hamda bo‘sh ishchilar uchun favqulodda masalalarni hal qilishda ko‘mak ko‘rsatadi. Biroq, odamlar kichik yuklamada vazifani butun ish vaqtiga cho‘zishga harakat qiladi, masalan, band ekanini rahbariyatga ko‘rsatish uchun, deydi Brodski.
Mavzuga oid
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028 yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47 / 14.02.2026