08:40 / 27.12.2017
27860

Bilim olish uchun eng samarali yosh ma'lum qilindi

Foto: Illyustrativ foto

Inson axborotni 17 yoshdan 20 yoshgacha bundan kattaroq yoshi yoki bolaligidagidan ko‘ra osonroq o‘zlashtirar ekan. Bu haqdagi tadqiqot Nature Communications jurnalida chop etildi.   

Olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, bilim olish jarayonida miya yo‘l-yo‘l tanasi dorsolateral qismi muhim rol o‘ynaydi. Yoshga bog‘liq holda miyaning bu strukturasi faolligi o‘zgarishi avval o‘rganilmagan edi.    

Leyden universiteti mutaxassislari buni aniqlash uchun nevrologik kasalliklarga ega bo‘lmagan, 8 yoshdan 25 yoshgacha 232 kishi ishtirok etgan tajriba o‘tkazishdi. Tajriba vaqtida kompyuter yo‘l-yo‘rig‘i bilan bilim olgan holda, javob variantlariga ega mantiqiy topshiriqlarni yechish zarur bo‘lgan.

Tajriba ishtirokchilari miyalarini skanerlash miya yo‘l-yo‘l tanasining faolligi yoshga bog‘liq holda o‘zgarishi va 17 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan odamlarda maksimum darajaga yetishini ko‘rsatgan. 

Olimlarning fikricha, yuqoridagi yosh davri inson miyasi axborotni eng samarali qabul qiladigan bosqich hisoblanar ekan.

Top