Prezidentning 2026 yil 8 iyuldagi PQ–257-sonli “Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan Yagona integratsiyalaşgan raqamli platformani joriy etişning asosiy maqsadli körsatkiçlari tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, 2028 yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta ma’muriy funksiyasini raqamlaştiriş, şuningdek, davlat axborot tizimlarini işlab çiqiş va ekspluatatsiya qiliş xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartiriş rejalaştirilgan.
Yagona integratsiyalaşgan raqamli platforma “Raqamli hukumat” tizimining asosiy texnologik elementi bölib, davlat axborot tizimlarini yaratiş, rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaşda yagona arxitektura, standartlar hamda texnologik yondaşuvlarni joriy etişga xizmat qiladi.
Şuningdek, qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalaniş orqali davlat axborot tizimlarini yaratiş jarayonini tezlaştiriş, standartlaştiriş va xarajatlarni kamaytiriş közda tutilgan.
Qarorga köra, 2027 yil 1 yanvardan davlat organlari içki hujjat aylanmasi, qarorlarni qabul qiliş va kelişiş, şuningdek davlat xizmatlarini körsatiş jarayonlarini platforma va uning raqamli komponentlari orqali elektron şaklda amalga oşiradi.
Bundan taşqari, davlat organlari va taşkilotlarining axborot tizimlari örtasida ma’lumot almaşinuvini yengillaştiriş maqsadida Open API tamoyili joriy etiladi. Bu turli davlat axborot tizimlarining özaro integratsiyasini soddalaştiriş, ma’lumotlar almaşinuvini tezlaştiriş hamda raqamli davlat xizmatlarining samaradorligini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

















