Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq va Suriyada qolayotgan IShID terrorchilari soni aytildi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya vakili polkovnik Rayan Dillonning ma'lum qilishicha, Suriya va Iroq hududida IShID terrorchilik guruhining taxminan ming nafar jangarisi qolmoqda. Bu haqda Military.com xabar berdi.
«So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, Iroq va Suriyada hamon mingga yaqin jangarilar qolmoqda», - deya aytib o‘tdi Dillon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koalitsiya jangarilarning vaziyatni keskinlashtirishga yo‘naltirilgan barcha harakatlarini yo‘q qilishga bor e'tiborini qaratmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov AQSh Suriya janubi va shimoli-sharqida harbiy bazalarga ega ekani, ularda avval IShID uchun jang qilgan jangarilar tayyorgarlikdan o‘tkazilishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026