Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Suriyada terrorchilarni tayyorlashgan». Rossiya AQShni keskin ayblab chiqdi
AQSh Suriya janubi va shimoli-sharqida harbiy bazalarga ega, ularda avval IShID uchun jang qilgan jangarilar tayyorlikdan o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov ma'lum qildi.
Gerasimovning "Komsomolskaya pravda" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, jangarilar Suriya janubidagi At-Tanfa bazasida tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, uning eslatishicha, yaqinda Britaniyaning Bi-bi-si telekanali jangarilarning Raqqadan evakuatsiyasi qanday tashkillashtirilgani haqida xabar berdi. Xususan, 400 kishi kurdlar tomonidan amerikaliklar yordamida Shaddodiy lageriga olib chiqib ketilgan – bu Suriya shimoli-sharqida.
"Bu kurdlar nazoratida bo‘lgan hudud, u yerda Amerika bazasi ham bor. Bundan tashqari, Shaddodiy lageriga Firotning sharqiy qirg‘og‘idan yana qariyb 800 kishi kelgan – kurdlar hujum qilgan tumandan. Bu deyarli - IShID", - deya ta'kidlab o‘tdi Gerasimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID terrorchilari tayyorgarlikdan so‘ng "o‘zgarishadi, boshqa nomni olishadi – “Yangi Suriya armiyasi”. Jangarilarning asosiy vazifasi – vaziyatni beqarorlashtirish.
Gerasimovning xabar qilishicha, Shaddodiy lageridan At-Tanfa tumaniga “qariyb 400 kishi ketgan”. IShID asosiy kuchlari tor-mor keltirilgach, terrorchilar Firotning sharqiy qirg‘og‘idan hujum qilib, vaziyatni beqarorlashtirishga urinishdi, biroq yo‘qotishlarga uchrashdi. "Bizning fikrcha, hozir Shaddodiyda 750 ga yaqin va At-Tanfada qariyb 350 nafar jangari bor", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Bosh shtab boshlig‘i.
Bundan tashqari, Gerasimovning ma'lum qilishicha, Suriyada IShID tuzilmalari rahbarligida Yaqin Sharq va G‘arb davlatlaridan bo‘lgan yo‘riqchilar tomonidan o‘qitilgan qo‘mondonlar bor edi. Ular jangovar harakatlar vaqtida Suriya hamda Iroq armiyasining ko‘plab zirhli texnikasi va artilleriyasini egallab oldi.
"Suriyadagi hodisalar boshlanganidan beri Bosh shtab vaziyatni kuzatib bordi, bosqinchi tuzilmalar harakat taktikasining o‘ziga xos jihatlarini bilganmiz. Biz terrorchilik harakatlaridan tashqari, ular taktik usullarni qo‘llashlarini tushunganmiz. Ushbu bosqinchi tuzilmalar rahbarligida qo‘mondonlar bo‘lgan, ular Yaqin Sharq va G‘arb davlatlaridan bo‘lgan yo‘riqchilar tomonidan maxsus o‘qitilgan. Shuningdek, Iroq armiyasining sobiq zobitlari ham bo‘lgan", - dedi Gerasimov.
"Ularda faqat tanklar va zirhli mashinalarning soni 1,5 mingga yaqinni tashkil etgan. Plyus 1,2 ming qurol-yarog‘lar va minomyotlar. Bu deyarli muntazam armiyaning o‘zi edi", - degan Gerasimov.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:50 / 11.07.2026